Afsonaviy Totti Shomurodov haqida aniq, lo‘nda va qattiq gapirdi!

  • 18.07.2026 10:37
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Italiya futboli afsonasi, butun faoliyatini faqat “Roma”da o‘tkazgan yulduz Franshesko Totti O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori va eng zo‘r to‘purari Eldor Shomurodov haqida fikr bildirdi.

Ma’lumki, Eldor O‘zbekistonda “Mash’al” va “Bunyodkor”, Rossiyada “Rostov” klublarida o‘ynaganiidan keyin 2020 yili Italiya chempionatiga yo‘l olgan edi.

Debyut mavsumida Italiyaning eng qadimiy klubi “Jenoa” uchun sakkizta gol urgan o‘zbek hujumchisini poytaxtning “Roma” klubi o‘z safiga qo‘shib olgan. Dastlab, rimliklar safida o‘zini ko‘rsata boshlagan Shomurodov jamoaga qimmatbaho hujumchi Temmi Abraham kelganidan keyin zahira o‘yinchisiga aylanib qoldi.

O‘sha paytda “Roma”ni boshqargan Joze Mourinyo “Chelsi”dan kelgan yulduzga doimiy o‘yin amaliyotini berib, Shomurodovning ishtiyoqi va tayyorgarligi yuqori bo‘lgan vaqtlarda ham uni faqat bir necha daqiqaga zahiradan maydonga tushirdi xolos.

Natijada Eldor avval “Spetsiya”ga, keyin esa, “Kalyari”ga ijaraga berildi. “Roma”dagi so‘nggi mavsumida Shomurodov Klaudio Ranieri qo‘l ostida jamoaning asosiy figuralaridan biriga aylandi. Biroq 2025 yilning yozidagi murabbiylar almashinuvı ortidan Turkiya chempionatiga ko‘chib o‘tishni ma’qul topdi.

Franshesko Totti jurnalistlar bilan suhbatda Eldor Shomurodov qanday taassurot qoldirgani haqidagi savolga quyidagicha javob berdi.

- Shomurodov har gal unga imkoniyat berilganda o‘yinga o‘zini to‘liq bag‘ishlaydigan futbolchi sifatida yodimda qolgan, - dedi Franshesko Totti.

Darhaqiqat, Eldor Shomurodov Yevropa ligalari orasida tobora kuchayib borayotgan Turkiya Superligasidagi debyut mavsumidayoq nimlarga qodirligini isbotladi.

31 yoshli futbolchi “Istanbul Boshakshеhir”dagi ilk mavsumida Turkiya chempionatida 22 ta gol bilan Superliga to‘purari va musobaqaning eng samarali o‘yinchisi bo‘ldi.

Bundan tashqari, Eldor o‘zi ishtirok etgan musobaqalarning har birida gol urish bo‘yicha o‘z an’anasini davom ettirib, 2026 yildagi jahon chempionatida ham raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Shomurodovning Kongo Demokratik Respublikasi terma jamoasi darvozasiga kiritgan to‘pi jahon chempionati guruh bosqichining eng chiroyli goli sifatida e’tirof etildi.

O‘zbekiston mundialda bu ko‘rsatkich bo‘yicha Angliya bilan bir xil daraja ko‘rsatdi

Xorijlik murabbiy: Bu futbolchilarning birortasi Husаnov darajasiga chiqolmaydi!

O‘zbekiston terma jamoasi o‘yini katta rekord o‘rnatdi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!