
Agar "Milan" EChLga chiqa olmasa, "Napoli" Andre Silvaga taklif yuboradi
Italiyaning “Napoli” klubi vakillari agar “Milan” Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmasa, u holda “rossonerilar”ning portugaliyalik hujumchisi Andre Silvaga taklif bilan chiqishadi. Rai Sport nashrining ma’lum qilishicha neapolliklar rahbariyati bu haqda allaqachon 21 yoshli futbolchining agentiga ma’lum qilishgan.
Qayd etish lozimki, “Milan” agar bu mavsum Evropa ligasida g‘olib chiqmasa yoki A Seriyani kuchli to‘rtlikda yakunlamasa EChLda ishtirok eta olmaydi. Agar shunday bo‘lsa, yozda transferlar uchun 200 million evro sarflagan xitoylik investorlar “Milan”ning bir qator etakchi futbolchilarini sotishga majbur bo‘lishadi.
Xabarlara qaraganda Silva uchun “Napoli”dan tashqari “Arsenal” hamda “Barselona” jamoalari ham kurash olib borishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Portugaliya terma jamoasi a’zosi “Milan”ga mavsumlar oralig‘ida 38 mln evro evaziga “Portu”dan kelib qo‘shilgan edi. U joriy mavsum Evropa ligasining 7ta uchrashuvida 6ta gol kiritgan bo‘lsa, A Seriyada hozircha gol kirita olmadi.
Fikrlar