Agent: Beyl ijaraga ketmaydi
"Real" Madrid klubi vingeri Garet Beylning agenti Jonatan Barnett mijozi ijaraga ketishga rozi bo‘lmasligini aytdi.
“Beyl ijaraga ketishga ham rozi bo‘lishiga shubham bor. Menimcha bunday bo‘lmaydi. Uning “Real”dagi holati yaxshi emasligini tushunib turibmiz. Ammo u boshqa jamoaga ijara asosida o‘tmaydi. Buning uchun aqlbovarqilmas nimadir sodir bo‘lishi kerak”, - deydi agent.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq 29 yoshli uelslik futbolchi “qirollik klubi”dan ketishdan bosh tortayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ta’kidlash kerakki, u ayni damda jamoaning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisi hisoblanadi. Uning yillik maoshi 17 mln evroni tashkil etadi.
Ma’lumot uchun, Beyl yakunlangan mavsum “Real” safida jami 42ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 14ta gol hamda 6ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar