Agent: "Beyl "Real"da baxtli emas"
Uels va "Real" forvardi Garet Beylning agenti Jonatan Barnett mijozining klubdagi holati bo‘yicha ma’lumot berib o‘tdi.
"Garet "Real"da baxtlimi? Unchalik emas. Ammo uning klub bilan shartnomasi mavjud. U hamon "Real" futbolchisi, shunday ekan sizni ishontirib aytishim mumkinki, u maydonda bor imkonini ishga soladi.
Beyl jismoniy holati yaxshi bo‘lsa, u dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri. U maydonga tushganda "Real"ning g‘alaba qozonish ehtimoli yuqori bo‘ladi. Shunday ekan ularning tarkibida shunday futbolchi bor ekanligidan g‘ururlanishsa bo‘ladi.
U ketadimi? Agar unga ma’qul keladigan taklif bo‘lsa va u ketishni xohlasa unda biz klub prezidenti bilan bu mavzuni albatta muhokama qilamiz.
Matbuotda u ispan tilida yaxshi gaplasha olmaydi degan xabarlar yuradi. Ammo bu mish-mish. Garet ispanchada ravon so‘zlashadi", - deya aytib o‘tdi agent.
Fikrlar