Agentning ochko‘zligi katta transferlarni barbod qilyapti

  • 07.07.2024 18:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Evropaning bir necha grand klublari “Bolonya”da porlagan hujumchi Joshua Zirkzeeni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilayotgan bo‘lsa-da, hali birorta muzokara muvaffaqiyatli yakunlangani yo‘q.

Ma’lumotlarga qaraganda, bunga o‘yinchining manfaatlarini himoya qilayotgan agent Kia Jurabchian sababchi ekan. Klublar Zirkzee uchun Italiya klubiga 40 million evro miqdorida badal pulini to‘lashga tayyor.

Biroq Kia Jurabchian o‘ziga 10 million evro miqdorida gonorar talab qilmoqda. Ana shu talab tufayli Zirkzee o‘zi istagan “Milan”ga o‘ta olmadi. Milanliklar uning agentiga katta miqdorda xizmat haqi to‘lashdan bosh tortdi.

Yana bir xaridor – “Manchester Yunayted” ham Zirkzeeni olishga urinyapti. Biroq manchesterliklar ham agentga katta pul to‘lamoqchi emas.

Qolaversa, “Manchester Yunayted” rahbariyati va KIa Jurabchiani o‘rtasida ziddiyat bo‘lib o‘tgani ham bunga ta’sir qilmoqda. 2009 yili bu agent argentinalik futbolchi Karlos Tevesning shartnomasini uzaytirish uchun katta bonus talab qilgan. “Yunayted” bu pulni to‘lamaganidan keyin Kia Jurabchian Tevesni “Manchester Siti”ga olib o‘tib ketgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!