
AGMK 3-o‘rin uchun o‘yinda ham imkoniyatni boy berdi
AGMK futzal jamoasi Bangkokda o‘tayotgan Klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining bronza medallari uchun uchrashuvni yakunladi. Aleksandr Petrov shogirdlari birinchi bo‘limni juda yaxshi o‘tkazdi va bo‘limni 3:1 hisobidagi g‘alaba bilan tugatishdi. Ikkinchi bo‘limda vetnamliklar ketma-ket gollar urishdi va g‘alabani ilib ketishdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Shu tariqa, AGMK futzal jamoasi o‘z tarixida ilk bor Klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining yarim finaliga qadar etib keldi va yakunda to‘rtinchi o‘rinni egalladi.
Klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionati
Uchinchi o‘rin uchun
17.08.2019, 13:30
"Bangkok arena"
AGMK - "Tay Son Nam" 4:6
Gollar: A.Usmonov 1, M.Odilov 2, I.Ropiev 6, D.Choriev 34 - Shimizu Kazuya 5, 37, 40, I.Ropiev 24 (avt.), T.T.Pxi 27, T.T.Xay 28
Darvozabon: 1.Rustam Umarov (sardor)
Futzalchilar: 3.Mashrab Odilov, 10.Akbar Usmonov, 12.Davron Choriev, 11.Temur Berdiev.
Zaxira: 2.Abbosbek O‘lmasbekov (darvozabon), 4.Ixtiyor Ropiev, 5.Ilhomjon Hamroev, 7.Dilshod Rahmatov, 8.Davron Valijonov, 14.Anasxon Rahmatov.
"Tay Son Nam": 1.Xo Van (darvozabon), 2.Nguyen Van Xuy (darvozabon).
Futzalchilar: 3.Li Kuok Nam, 4.Pxat, 5.Alireza Rafiepur, 6.Pxam Duk Xoa, 7.Nguyen An Duy, 8.Nguyen Min Tri, 9.Tran Tay Xay, 10.Vu Duk Tung, 11.Tran van Vu, 12.Shimizu Kazuya, 13.Nguyen Man Dung, 14.Ton Tat Pxi.
Ogohlantirishlar: M.Odilov 25, D.Valijonov 38, D.Choriev 40
Fikrlar