
AGMK futbolchisi faoliyatini "Qizilqum"da davom ettiradi
AGMK klubi yarim himoyachisi Erkin Baydullaev faoliyatini "Qizilqum"da davom ettiradi. Klub matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, Baydullaev 1 yillik faoliyatdan so‘ng AGMKni tark etdi.
Erkin Baydullaev o‘tgan yil yozgi transfer oynasida "Qizilqum"dan olmaliqliklar safiga o‘tgan edi. Roppa-rosa 1 yil AGMKda o‘ynagan Baydullaev barcha musobaqalarda 22 o‘yin o‘tkazib, 2 gol muallifiga aylandi.
Joriy yozgi transfer oynasida esa "Qizilqum" klubi Erkin Baydullaevning transfer huquqini sotib olish uchun rasmiy taklif bilan chiqdi va tomonlarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra, AGMK Baydullaevni navoiyliklarga transfer qildi.
Fikrlar