AGMK jamoasi "Qo‘qon-1912"ning yana yubiley o‘yinida raqiblik qiladi

  • 5 aprel, 2019, 15:07
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

«Qo‘qon-1912» jamoasi O‘zbekiston chempionatlaridagi 405-o‘yinini o‘tkazish arafasida turibdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. 14-mavsum kuchlilar safida ishtirok etayotgan qo‘qonliklar shu kunga qadar 404 ta uchrashuv o‘tkazishga muvaffaq bo‘lishdi.

Tecno

Shularning 145 tasida jamoa g‘alaba qozongan. 62 uchrashuvda g‘olib nomi aniqlanmagan. 197 ta o‘yinda mag‘lubiyatga uchragan. To‘plar farqi 538 – 730. Umumiy ochkolar 497 tani tashkil etadi.

Superliga 3-tur doirasidagi AGMK bilan bo‘ladigan uchrashuv qo‘qonliklarning O‘zbekiston chempionatlardagi 405-o‘yini sifatida tarixda qoladi.

Aytgancha, jamoaning bundan oldingi ikki yubiley uchrashuv ham aynan AGMKga qarshi kechgan bahslarga to‘g‘ri kelgandi. 2015 yilda 300, 2018 yilda 400-uchrashuvni olmaliqliklarga qarshi o‘tkazgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!