AGMK klubi Grigalashvili, Kasminin, Zonich va Baydullaevni ommaga tanishtirdi (Foto)

  • 26.07.2019 15:47
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

AGMK futbol klubi rahbariyati bugun jamoaga yangi kelib qo‘shilgan futbolchilarga o‘z raqamlari tushirilgan liboslarni taqdim etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, jamoa safini to‘ldirgan tayanch yarim himoyachisi Erkin Baydullaev, gruziyalik hujumkor vinger Elguja Grigalashvili, belaruslik himoyachi Vladislav Kasminin hamda chernogoriyalik mudofaa chizig‘i vakili Igor Zonichning AGMKga o‘tganiga bag‘ishlangan rasmiy taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.

photo_2019-07-26_15-27-48

AGMK klubi bosh menejeri Muxtor Qurbonov jamoa qarorgohida yozgi transfer oynasida jamoaga kelib qo‘shilgan va transfer qilingan futbolchilarga liboslarni taqdim etib, ularning faoliyatiga omad tiladi.

photo_2019-07-26_15-27-28

Klub bosh menejeri Muxtor Qurbonov jamoaning yozgi transfer kampaniyasi haqida quyidagilarni ta’kidlab o‘tdi:

— Chempionat avvalida medallarni qo‘lga kiritishni maqsad qilgandik. Biroq birinchi davrada ba’zi o‘yinlarda omad bizdan yuz o‘girdi. O‘yin taraflama jamoamiz yaxshi ko‘rindi. Buni tahliliy statistik ma’lumotlar orqali ham bilsa bo‘ladi. Faqatgina natija borasida biroz oqsadik. O‘yindagi kichik epizodlar ko‘plab bahslarda bellashuv taqdirini hal etib ketdi. Yozgi transfer kompaniyasi yaxshi bo‘ldi. Baydullaevning tajribasi, Grigalashvilining iqtidori, Kasminin va Zonichning himoyadagi mustahkam o‘yini bizga birinchi davrada etishmagan jihatni to‘ldiradi deb o‘ylayman. Mashg‘ulotlarni kuzatdim, yangi futbolchilar jamoaga kirishib ketishgan. Bu jihat odamni quvontiradi. Birinchi davrada yo‘qotilgan ochkolar o‘rnini ikkinchi davrada qoplab, oldimizga qo‘yilgan yuqori maqsadlar sari intilamiz, — dedi Muxtor Qurbonov.

photo_2019-07-26_15-27-24

Erkin Baydullaev AGMK tarkibida 3-raqamda o‘ynashni ma’qul ko‘rdi. Elguja Grigalashvili esa bo‘sh turgan 7-raqamni tanladi. Markaziy himoyachilar Vladislav Kasminin 77-raqamni olgan bo‘lsa, Igor Zonich 88-raqamda o‘ynashga qaror qildi.

photo_2019-07-26_15-27-26

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!