
AGMK Namangandagi final uchun ikki kun avval poezdda keldi. "Paxtakor" esa bir kun oldin samolyotda
Ertaga Namangan o‘zbek futbolidagi katta voqelikka mezbonlik qiladi. Sababi "Markaziy" o‘yingohda AGMK va "Paxtakor" o‘rtasida O‘zbekiston kubogi finali bo‘lib o‘tadi. Mazkur bahsda futbolimiz tarixida ilk bor VAR tizimidan foydalaniladi.
Hal qiluvchi uchrashuvda qatnashish uchun olmaliqliklar Namanganga bellashuvdan ikki avval poezdda etib kelishdi. Ularning raqibi poytaxtliklar esa bir kun qolganda samolyotda tashrif buyurdi.
AGMK va "Paxtakor" o‘rtasidagi o‘yin 15:00da start oladi.
Fikrlar