AGMK o‘tgan mavsum qo‘lga kirita olmagan futbolchisiga va nihoyat erishishga yaqin

  • 10 dekabr, 2022, 13:19
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Qo‘qon-1912" futbolchisi Oybek Rustamov jamoasini o‘zgartirishi mumkin.

Tecno

SPORTS.uz sayti jurnalisti Jaloliddin Qobiljonovning ma’lum qilishicha, yarim himoyachi xizmatiga AGMK klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Olmaliqliklar o‘tgan yili ham futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga uringan edi.

Ma’lumot uchun, 25 yoshli Oybek yakunlangan mavsumda 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan va shuncha golga hammualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!