AGMK tarkibni kuchaytirishda davom etadi

AGMK jamoasi selektsiya ishlaridagi navbatdagi transferlarini e’lon qilishni davom ettiradi.

Faoliyatining ko‘p yillik qismida Ukraina va Rossiyaning nomdor klublarida to‘p surgan va o‘tgan mavsumning yarmidan Jizzaxning "So‘g‘diyona" jamoasida harakatlangan, 2023-yildan e’tiboran erkin agentga aylangan tajribali chap qanot himoyachisi Vitaliy Denisov AGMK futbol klubi bilan 1 yillik shartnoma imzoladi.

Vitaliy Denisovning "konchilar"ga qo‘shilishi chap qanot himoyamizdagi ajoyib va qizg‘in raqobatni yuzaga keltiradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!