
AGMK to‘purari safga qaytdi
Xabaringiz bor, AGMK bugun Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichining 4-turidan o‘rin olgan bahsda "Shabab Al-Ahli"ga qarshi maydonga tushadi.
"Kecha mashg‘ulot o‘tkazgan Mirjalol Qosimov shogirdlari taktik va texnik taraflama ishladi. Shuningdek, o‘tgan uchrashuvda jarohat olib maydonni tark etgan hujumchi Zafar Polvonov ham mashg‘ulotda qatnashdi", deya yozmoqda klub matbuot xizmati.
Ma’lumot uchun, "Shabab Al-Ahli" – AGMK o‘yini bugun tunda 00:00da start oladi. Zafar Polvonov 3-turdan so‘ng 3ta gol bilan to‘purarlar poygasida 3-o‘rinni band etib turibdi.
Fikrlar