AGMK va "Dinamo" jamoalarining o‘zaro o‘yinlar statistikasi qanday ko‘rinish olgan?

  • 26 oktabr, 2022, 17:31
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Dinamo" O‘zbekiston chempionati doirasida AGMKga qarshi 21 marta to‘qnash kelgan. Bahslarning 7 tasida "Dinamo" g‘alaba nashidasini surgan bo‘lsa, 10 ta o‘yin "konchilar"ning g‘alabasi bilan tugagan. 4 ta uchrashuvda esa jamoalar murosa yo‘lini tanlagan.

Tecno

Gollar nisbati 22:29 ko‘rinishida, olmaliqliklar foydasiga. Bahslarda AGMK 34, "Dinamo" 25 ochkoni qo‘lga kiritgan. "Arslonlar"ning o‘zaro o‘yinlarda qozongan eng yirik g‘alabasi – 4:2 ga teng.

"Konchilar"ning eng yirik g‘alabasi esa 3:1 natijasi hisoblanadi. Jamoalarning Superliga 1-davra doirasida Samarqanddagi o‘zaro so‘nggi uchrashuvida mezbonlar 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi.

 

Manba: "Dinamo" PFK matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!