Aguero APLning so‘nggi 10 yillikdagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi

  • 26 dekabr, 2019, 11:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" klubi hujumchisi Serxio Aguero VVS talqiniga ko‘ra Angliya premer-ligasining so‘nggi 10 yillikdagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Tecno

Aguero o‘tkazilgan so‘rovnoma yakunlariga ko‘ra 26% ovoz bilan birinchi o‘rinni egalladi. Keyingi o‘rinlar esa  Jeyms Milner ("Liverpul" 12%), Jeymi Vardi ("Lester" 11%) va Ueyn Runilarga ("Manchester Yunayted" 10%) nasib etdi.

Ma’lumot uchun, 31 yoshli Aguero "Manchester Siti" safida 2011 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida “shaharliklar” safida 355 ta o‘yinda ishtirok etib, raqiblari darvozasiga 244 ta gol urgan va jamoadoshlariga 71 ta golli uzatma oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!