Aguero: "Gvardiola albatta vaziyatni tuzatadi"

  • 12.09.2025 19:58
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Angliya Premer-ligasida 3 turdan keyin "Manchester Siti" turnir jadvalida 13-o‘rinda bormoqda. Bu so‘nggi 21 yildagi eng yomon start hisoblanadi.

Jamoaning afsonaviy sobiq hujumchisi Serxio Aguero mavjud vaziyat yuzasidan o‘z fikrini bildirdi:

"Start muvaffaqiyatli chiqdi deyish qiyin. Bu holatni tarkibdagi katta o‘zgarishlar bilan bog‘layman. Ko‘plab futbolchilar keldi, ko‘plari ketdi. Jamoa hali qayta qurilish jarayonida. Shuning uchun biroz vaqt kerak, deb o‘ylayman. Men ishonamanki, ular o‘z imkoniyatini namoyish etadi.

Odamlar Pepning so‘nggi yutuqlaridan so‘ng uni hurmat qilishlari shart. Hatto muvaffaqiyatsiz mavsumlarda ham jamoa doim favoritlardan biri bo‘lib qoldi. U katta meros qoldirdi va buni barcha qadrlashi kerak.

Albatta, jamoa ma’lum vaqtda pasayishga duch kelishi mumkin. Ammo bu faqat Gvardiolaning ishini yanada buyuk ko‘rsatadi. Har yili barcha musobaqalarda kurashish oson emas. Shuning uchun men unga ishonaman va u "Siti"ni qayta yo‘lga qo‘yadi", – dedi Aguero.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!