
Aguero: U hali o‘zini ko‘rsatadi
Argentina terma jamoasining sobiq hujumchisi Serxio Aguero Qatardagi mundialda ishtirok etayotgan hamyurti Lautaro Martinesni qo‘llab-quvvatladi.
“Inter” hujumchisi 1/8 final doirasidagi Avstraliyaga (2:1) qarshi o‘yindan so‘ng qattiq tanqidga uchradi va u zaxiradan maydonga tushganidan so‘ng bir qator golli vaziyatlarni ko‘kka sovurdi.
“Tajribamdan kelib chiqib ayta olamanki, hujumchi gollarga e’tibor qaratmagani ma’qul - ular haqida qancha kam o‘ylasangiz, shuncha yaxshi. Chunki agar u gol urmasa, boshqasi uradi. Lautaro yaxshi o‘ynaydi, u ijobiy fikrlashi kerak. Ishonchim komilki, u hali ushbu jahon chempionatida o‘zini ko‘rsatadi”, - dedi sobiq hujumchi TyC Sports nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Lautaro Martines JCh-2022 da hozircha o‘z hisobiga birorta ham gol yozdirib qo‘ygani yo‘q.
Fikrlar