
Ahmad Musa "Xall Siti"ga o‘tishi mumkin
Angliyaning “Lester” klubi hujumchisi Ahmad Musa faoliyatini “Xall Siti”da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Leicester Mercury nashri xabar tarqatmoqda.
Nigreiyalik futbolchiga “tulkilar”dan tashqari "Vest Bromvich" va Turkiyaning "Fenerbaxche" klublari ham qiziqish bildirmoqda. Ammo, Musaning o‘zi “yo‘lbarslar” safiga o‘tishni istamoqda.
Qayd etish lozim, ayni paytda “Xall Siti”ni “TsSKA” sobiq bosh murabbiyi Leonid Slutskiy boshqarmoqda. Ahmad Musa esa sobiq murabbiyi bilan yana hamkorlikni tiklash niyatida.
Fikrlar