Ahmedovning jamoasi “Guanjou”ni o‘tkazib yubormoqda
Bugun Xitoy Super Ligasida 21-tur o‘yinlari davom ettirildi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov faoliyat olib boradigan “Shanxay SIPG” jamoasi safarda “Xebey Chayna Forchun” jamoasi bilan kuch sinashdi.
Ahmedov 90 daqiqa o‘ynagan bahsda “Shanxay SIPG” so‘nggi daqiqalardagi gol tufayli mag‘lubiyatdan qutulib qoldi.
Egor Krimetsning “Beyjing Guoan”i esa safarda “Tyantszin” bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi. Hamyurtimiz uchrashuv qaydnomasidan ham joy olmadi.
Qayd etish joiz, “Shanxay SIPG” so‘nggi ikki o‘yinda ochko yo‘qotganidan so‘ng, Luiz Felipe Skolari boshqaruvidagi “Guanjou Evergrand”dan 5 ochko ortda qolib ketdi.
Xitoy Super Ligasi. 21-tur
“Xebey Chayna Forchun” – “Shanxay SIPG” 2:2
Gollar: Esekel Lavessi(71), Gao Junyi(74) – Elkeson(7), Xe Guan(90+1)
“Tyantszin” – “Beyjing Guoan” 2:2
Gollar: Jeng Dalun(18), Aleshandre Pato(34) – Jang Xije(50), Yu Yang(56).

Fikrlar