"Ajdarlar"ni engishga nega hech kimni kuchi etmayapti?

  • 5 iyun, 2022, 10:22
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekistondagi eng yoqimli va deyarli barchaning yaxshi ko‘rgan jamoasi – bu “Nasaf”! Hatto raqib jamoa muxlislari ham “Nasaf”ga boshqacha hurmat bilan qarashadi. Klubda qanday yo‘nalish bo‘yicha ketayotganini hamma biladi va tanlagan yo‘li har doim o‘zini oqlab kelyapti. Buning yana bir isboti shuki, doim “Nasaf”dan yangi iqtidorlar kashf qilinadi va bu orqali barcha terma jamoalarimizga etkazib beriladi. Bularning rejissiyori kim? Albatta, siz yaxshi bilgan Ro‘ziqul Berdiev.

Tecno

Bevosita jamoaning chempionatdagi ishtirokiga to‘xtalsak, intrigani oshirib kelyapti. Har yili etakchilar safida. Yaqinda Saudiya Arabistoni maydonlarida o‘tkazilgan Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqich uchrashuvlarini muvaffaqiyatli o‘tkazib, yurishini davom ettiryapti. Shuning hisobiga qarshiliklar Superligada hamma ishtirokchilardan eng oz – 8 ta o‘yin o‘tkazdi. Hozircha ikkita jamoa mag‘lubiyatsiz seriyani davom ettirayotgan bo‘lsa, ulardan biri “Nasaf”. “Ajdarlar”ni engishga hozircha hech kimni kuchi etmayapti. Berdiev jamoasida 8 ta uchrashuvda 5 ta g‘alaba va 3 ta durang bor.

nasaf2_4

Yodingizda bo‘lsa, bu chempionatni ketma-ket ikkita durang bilan boshlagandi. Avvaliga Namanganda “Navbahor” bilan 0:0 hisobida durang qayd etdi. Ikkinchi turda Bekobodning “Metallurg” jamoasini qabul qildi. 1:0 hisobida g‘alaba qozonayotganida oxirgi daqiqalarda javob golini o‘tkazib 1:1 natija qayd etilgandi. 3-turda AGMKga qarshi uchrashuvi qoldirildi. Ilk g‘alabasini 2 aprel kuni “Lokomotiv”ga qarshi bahsda qo‘lga kiritdi.  O‘shanda mehmonda 0:1 hisobida ustun keldilar.

Darvoqe, qarshiliklar 9- va 10-turlarda yirik g‘alabalarga erishdi. Qarshida “Qizilqum” darvozasiga javobsiz beshta gol urdi. Keyin Toshkentda “Bunyodkor”ga qarshi xuddi o‘z uyida o‘ynagandek harakat qilgan “Nasaf” natijani ham shunga moslashtirib qo‘ydi – 1:4. Yuqorida jamoaning AGMKga qarshi o‘yini qoldirilgani haqida aytdik. Bundan tashqari, “Surxon”  va “Dinamo” bilan bahslari ham boshqa muddatlarga ko‘chirilgan.

berdiev6_3

Turnir jadvalida dastlabki to‘rtta o‘rinni 20 tadan ochko jamg‘argan – AGMK, “So‘g‘diyona”, “Navbahor” va “Qizilqum” klublari band qilgan. Ulardan so‘ng 8 ta o‘yin o‘tkazib 18 ochko to‘plagan “Nasaf” boryapti. Yuqoridagi klublardan AGMK, “So‘g‘diyona” hamda “Navbahor”da bittadan zaxira o‘yini mavjud. “Nasaf”da esa 3 ta zaxira o‘yini kutyapti. Shundan xulosa qilish mumkinki, “Ajdarlar”ning hozirgi imkoniyati juda yaxshi. Agar qoldirilgan uchrashuvlarini yutadigan bo‘lsa, peshqadamga aylanib olishi tabiiy.

Klubning to‘plar nisbati ham juda yaxshi ko‘rinishda. 8 ta bahsda 14 ta gol urishdi va o‘z darvozasidan faqatgina 3 marta to‘p olib chiqishdi xolos. “Metallurg”, “So‘g‘diyona” va “Bunyodkor” “Nasaf”ga bittadan gol urishgan. Ko‘rib turganingizdek, gol urish samaradorligi ham yaxshi ishlayapti. Boshqa hech qaysi klub o‘z darvozasidan bunchalik kam gol o‘tkazmagan. Demak, shu tomonlama ham O‘zbekistonning sovrindor jamoasi maqtansa arziydi. To‘g‘ri, hali mavsum davom etyapti, biroq 8 ta o‘yindagi xulosalar faqat ijobiylikdan darak beryapti va bu aslida tabiiy holat ham. Ro‘ziqul Berdiev kuni kecha Sports.uz saytiga bergan intervyusida yozgi selektsiyada tarkibni yanada kuchaytirish ishlari olib borilayotganini aytdi. Shuningdek, chempionatimizdagi hozirgi tanaffusda uning jamoasi allaqachon mashg‘ulotlarga kirishganini ham ta’kidladi.

nasaf_14

“Nasaf”ning har bir futbolchisi ommaning e’tiborida. Turli yosh toifasidagi terma jamoalar murabbiylari ham bejizga Berdiev shogirdlarini jiddiy kuzatishmaydi. Ayniqsa, oxirgi turlarda o‘sha siz yaxshi bilgan Oybek Bozorov yanada “ochildi”. Rang-barang o‘yinlari-yu, betakror gollari bilan yana barchaning og‘ziga tushdi. Uni to‘xtatib bo‘lmay qoldi. 5 ta goli bilan jamoasining to‘purari bo‘lib turibdi. Ayni paytda u va bir qator jamoadoshlari bilan milliy terma jamoada. Yana ayrimlari olimpiya hamda yoshlar termasi safida. Xullas, barchasi bo‘lib klubning 12 nafar futbolchisi terma jamoalarimiz ixtiyorida bo‘lib turishibdi. “Nasaf” hamma vaqt barcha klublar uchun namuna bo‘lib kelgan. Klubdagi tizim to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgani bois doimiy ravishda favoritlar qatorida. Shuning uchun ham “Nasaf”ni hamma yaxshi ko‘radi.   

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Arslonovich Alisher
06/06/2022 17:51
Бу енди жуда кийин масала булиши тайин. Ёздаги трансферлардан кейин насиб болса Насаф ёндиради. Агар тугри танлов асосида яхши 2 легионер футболчи келса бошка хеч нарса керак емас!!
SAMARIDDIN AMUR GPZ UZB
07/06/2022 19:51
Барча насада ишлаётган мутахасисларга ишларига омад фудбол учун жонини фидо киган жон куяр мутахасисларга тазимдамиз, рахмат сизларга
A Kurbanov
06/06/2022 20:02
Аслида Рўзиқул Бердиев орқасида Насаф бош директори Шухрат Асланов, яъни ҳақиқий футболсевар раҳбар турибди. Насаф академиясининг натижаларида айнан Асланов раҳбарлигидаги кўплаб мутахассисларнинг меҳнати ётибди