Ake "Manchester Siti"da tibbiy ko‘rikdan o‘tishni boshladi
“Bornmut” klubi himoyachisi Natan Ake “Manchester Siti”ga o‘tishga yaqin turibdi.
Sky Sports nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 25 yoshli futbolchi ayni damda tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Manchester shahriga etib kelgan. Uning transferi esa hafta so‘ngigacha rasman e’lon qilinishi kutilmoqda.
Ta’kidlash kerakki, “Bornmut” Akening transferidan 39 mln funt ishlab olishi kutilmoqda. Bu esa, klub tarixidagi eng qimmat transfer hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, Ake o‘tgan mavsum APLda 29 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. "Bornmut" esa Chempionshipga ravona bo‘ldi.
Fikrlar