
Aktamovning aytgan gapi to‘g‘ri chiqdi...
“Paxtakor” xuddi o‘tgan yildagi kabi bu safar ham O‘zbekiston kubogi finalida AGMK jamoasini mag‘lubiyatga uchratib yana bir bor sovrin sohibiga aylandi.
Mazkur uchrashuvdan oldin har xil fikrlar bildirildi, jamoalarning imkoniyatlari turlicha baholandi. E’tiborlisi, “Qizilqum” klubi bosh murabbiyi Hamidjon Aktamov saytimizga final oldidan fikr bildirar ekan, shunday degandi:
“Finaldan hech narsa kutmayapman. Chunki unda “Paxtakor” yutadi, bunga 100 foiz aminman. Shuning uchun finalning hech qanday qizig‘i bo‘lmaydi. “Paxtakor” AGMK darvozasiga minimum uchta gol uradi”.
Ko‘rib turibsizki, “Paxtakor” chindan ham finalda AGMK darvozasiga Aktamov aytib o‘tganidek, uchta gol urgan holda yana g‘alaba qozondi.
Fikrlar