Al Helayfi: "Mbappe ikki haftani ichida shartnomani yangilamasa, unga eshiklar ochiq"

  • 6 iyul, 2023, 00:53
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ yulduzi Kilian Mbappening jamoani tark etishi haqda mish-mishlar tarqalgandi. Ammo uning o‘zi yana bir yil Frantsiyada qolishini istayotganini aytgan. Rahbariyat esa bunga rozi emas. Ular hujumchini tekinga qo‘yib yuborishdan qo‘rqmoqda. Bu haqda klub prezidenti Nosir Al Helayfi o‘z fikrlar bilan o‘rtoqlashdi

Tecno

"Mbappening tekinga ketmoqchi ekanligini eshitib, hayron qoldim. U zo‘r bola. Shunday ekan, mamlakatidagi eng yaxshi jamoani shunchaki tark etib, tarkibni kuchsizlantirib qo‘yadi. Bunday bo‘lishi mumkin emas. Dunyoning eng yaxshi futbolchisi erkin agent sifatida klubidan keta olmaydi".

"Mbappe kelasi hafta yoki ikki haftani ichida qaror qabul qilishi kerak. Agar Kilian shartnomasini yangilamasa, eshiklar ochiq. Uning tekinga ketishi hech qachon sodir bo‘lmaydi", - dedi Al Helayfi

Mbappening keyingi manzili katta ehtimol bilan "Real" bo‘ladi, lekin PSJ har qanday klub bilan muzokaralar o‘tkazishga tayyor. Bu haqda Fabritsio Romano xabar berdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!