"Al-Hilol" uch kishilik supertransfer ro'yxatiga Martinellini qahm qo'shdi

  • 20.08.2026 12:10
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Arsenal» klubi yarim himoyachisi Gabriyel Martinelli Saudiya Arabistonida faoliyatini davom ettirishi mumkin.

Insayder Fabrizio Romano ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan ma’lumotga koʻra, braziliyalik futbolchi «Al-Hilol» jamoasining oʻng qanot hujumchisi pozitsiyasi uchun tuzilgan qisqa roʻyxatiga kiritilgan. 

Ushbu roʻyxatda jami uch nafar nomzod bor. Ulardan biri — «Chelsi» tarkibida toʻp surayotgan portugaliyalik Pedru Netu.

Manbaga koʻra, Martinellining oʻzi Yevropa chempionatlarida qolib, shu yerda oʻynashni afzal koʻradi. Biroq «Al-Hilol» tomonidan rasmiy taklif tushsa va u asosiy variant sifatida tanlansa, moliyaviy va sport nuqtai nazaridan juda jozibador variantga aylanishi mumkin.

Avvalroq futbolchiga Italiya ning «Napoli» va Turkiya ning «Galatasaray» klublari qiziqish bildirgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Shu bilan birga, Istanbul jamoasining taklifini Martinelli rad etgani, ehtimoliy transferga jiddiy qiziqish bildirmagani aytilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!