"Al-Ittihod" Benzemaga o‘rinbosar topdi

  • 04.02.2026 20:51
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol

"Al-ittihod" yaqinda jamoani tark etgan Karim Benzemaga o‘rinbosar topdi. Bu haqida "Goal" nashri xabar bermoqda.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, Saudiya klubi Bezemani o‘rnini to‘ldirish maqsadida "Liverpul" hujumchisi Muhammad Salah bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. Ortda qolgan transfer oynasida "Al-ittihod" klubi Salah uchun "Liverpul"ga 205 million evrolik taklif jo‘natgan edi. Biroq, mersisaydliklar bu taklifni qabul qilishmagan. Endi yozgacha saudiyaliklar yangi shartnoma jo‘natishni rejalashtiryapti.

Misrlik futbolchining ingliz klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha amal qiladi. Uning ayni vaqtda transfer bozoridagi narxi 30 million evroga baholanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 33 yoshli vinger 2017 yildan beri "Liverpul" safida harakat qilib kelmoqda. Futbolchi joriy mavsum Slot qo‘l ostida 24 ta bellashuvda maydonga tushib, 6 ta gol kiritdi va 6 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!