"Al-Ittihod" muxlislari Ronalduni jig‘iga tegdi

  • 31 oktabr, 2023, 22:59
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiya Arabistoni Qirol kubogida muxlislar Krishtianu Ronalduni g‘azablantirishdi.

“Al-Nasr” hujumchisi to‘pni yon chiziqdan o‘yinga kiritish uchun borganida, stadionga  yig‘ilgan muxlislar: “Messi, Messi!” deya hayqira boshladi.

38 yoshli portugaliyalik to‘pni sherigiga uzatdi va ko‘rsatkich barmog‘ini labiga qo‘yib, tribunalar tomon qarab, "Al-Ittifoq" jarima maydonchasi tomon yurdi. U ham bir necha marta qo‘lini silkitib, muxlislarni jim bo‘lishga chaqirdi.

“Inter Mayami” sharafini himoya qilayotgan Lionel Messi kecha faoliyatidagi 8-marta “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritdi. Ronalduda 5 ta bu kabi mukofot bor.


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!