
"Al-Ittihod" "Real" himoyachisini sotib olmoqchi edi
"Al-Ittihod" yozgi transferlar oynasida o‘z tarkibiga yangi himoyachi qo‘shib olishga harakat qildi. Buning uchun klub "Real" vakili David Alabaga aloqaga chiqdi va rad javobini oldi, deya xabar berdi "Relevo" nashri.
Manbaning ta’kidlashicha, Saudiya klubi himoyachiga yiliga 20 million evro to‘lamoqchi edi. Ammo u Madrid jamoasini tark etishni istamadi.
Ma’lumot uchun, Alaba 2021 yili erkin agent sifatida "Real"ga kelib qo‘shilgandi. Uning "qaymoqranglilar" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilgacha tuzilgan.
Fikrlar