"Al-Jazira" - "Shabab Al-Ahli": Odil Hamrobekov maydonga tushdi! (matnli translyatsiya)

  • 6 mart, 2021, 21:19
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Assalomu alaykum, muxtaram futbol ixlosmandlari! BAA chempionati 19-turidan o‘rmn olgan "Al-Jazira" - "Shabab Al-Ahli" uchrashuvi matnli translyatsiya ko‘rinishida e’tiboringizga havola etiladi. Uni sizlar bilan Javohir Azimov kuzatib boradi.

Tecno

90+4. Uchrashuv yakunlandi. Matnli translyatsiya Javohir Azimov tomonidan olib borildi.

90+3. So‘nggi soniyalarni mehmonlar hujumda o‘tkazmoqda.

90+2. GOL! Milosh Kosanovich standart vaziyatdan "Shabab Al-Ahli" darvozasini ishg‘ol etdi.

90. O‘yinning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo‘shib berildi.

89. Hakamga jiddiy e’tiroz bildirgan Majid Xasan maydondan chetlatildi.

88. "Al-Jazira" futbolchilari jarima maydoni yaqinida standartga ega bo‘ldi.

87. Dubayliklar raqib hujumlarini katta qiyinchilik bilan qaytarmoqda.

84. Hamrobekov maydon bo‘ylab faol harakat qilmoqda. Uning o‘yinga endigina qo‘shilgani sezilyapti.

82. Abdulaziz Sanqurga tibbiy yordam kerak.

80. Masharipov qanotdan reyd uyushtirmoqda. Uni to‘xtatish uchun etib kelgan raqib vaqt yo‘qotdi, xolos.

78. Maydon markazini mustahkamlash uchun Odil Hamrobekov maydonga tushirildi. Uning o‘rniga Yaxyo Al Gassani zaxiraga olindi.

77. Raqibiga nisbatan qoida buzgan Majid Xassan sariq kartochkaga loyiq ko‘rildi.

74. Jarima maydoni tashqarisidan mezbonlar vakilining yo‘llagan zarbasi to‘sin yuqorisidan o‘tib ketdi.

73. Masharipov jamoasining qarshi hujumini barbod qildi. Uning uzatmasidan keyin raqib futbolchisi to‘pni olib qo‘ydi.

71. Mehmonlar jarima maydonida palapartishlik yuzaga keldi. Ammo himoyachilar bir amallab to‘pni uzoqlashtirishga erishdi.

68. Serero qo‘pollik ishlatgan "Shabab Al-Ahli" futbolchisiga tibbiy yordam ko‘rsatildi.

66. Raqibining yuziga qo‘li bilan urib yuborgan Tyulani Serero ogohlantirildi.

65. "Al-Jazira" tarkibida bir vaqtning o‘zida 3 o‘zgarish: Muhammad Al-Attas, Zayed Al-Amiri va Umar Traore o‘rniga Muhammad Jamol, Imo Ezekil hamda Bruno maydonga tushdi.

63. Igor Xesusning jarima maydoni tashqarisidan yo‘llagan zarbasi ustun yonginasidan o‘tib ketdi.

60. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLLLLL! "Shabab Al-Ahli" hisobni ochdi!

Igor Xesusning uzatmasidan keyin Karlos Eduardo darvozani ishg‘ol etdi.

58. O‘yin tempi biroz pasaydi. Jamoalar asosiy urg‘uni ehtiyotkorlikka qaratmoqda.

55. O‘yin dubayliklarning nazorati ostida davom etmoqda.

53. Raqibiga bosim uyushtirgan Igor Xesus uni xato qilishga majbur etdi.

51. Ikkinchi 45 daqiqalikni maydon egalari biroz faolroq boshladi.

48. "Al-Jazira" futbolchisi o‘yindan tashqari holatda qolib ketdi. Hakam o‘yinni to‘xtatdi.

46. Ikkinchi taym boshlandi!

46. Futbolchilar maydonga qaytdi. Biz ham qaytamiz!

45+2. Tanaffus!

45+1. "Al-Jazira" so‘nggi imkoniyatdan foydalana olmadi.

45. Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi.

43. Abu-Dabiliklar burchak to‘pidan naf chiqara olmadi. To‘p jarima maydonidan uzoqlashtirildi.

42. Taym so‘ngiga kelib mezbonlar o‘yinga faollik qo‘shdi. Endi dubayliklar darvozasi qarshisida ham tez-tez xavfli vaziyatlar yuzaga kelyapti.

40. "Al-Jazira" futbolchisining bosh bilan yo‘llagan zarbasi xavfli tus oldi. Biroq to‘p darvoza to‘riga tashqi tomondan kelib urildi.

38. Ikki raqibini ortda qoldirib, darvoza tomon zarba yo‘llagan Masharipovning urinishidan keyin darvozabon to‘pni ushlab oldi. Umuman olganda, zarba yomon chiqmagandi.

36. Karlos Eduardoning zarbasi kuchsiz chiqdi. Darvozabon uni osonlikcha egallab oldi.

36. "Shabab Al-Ahli"da yana bir burchak zarbasi. To‘pni Masharipov o‘yinga kiritib beradi.

34. Erta pressing uyushtirayotgan mehmonlar raqibni shoshiltirib qo‘ymoqda.

33. Dubayliklarning navbatdagi hujumi o‘yindan tashqari holat tufayli nihoyasiga etmay qoldi. To‘pni mezbonlar darvozaboni erkin zarba bilan o‘yinga kiritib beradi.

30. Mehmonlar maydon markazida qisqa uzatmalar bilan raqibni ko‘proq yugurishga majbur qilmoqda.

28. "Shabab Al-Ahli"ning chap qanoti faolroq o‘yin ko‘rsatmoqda. Aksariyat hujumlar shu erdan uyushtirilmoqda.

26. Igor Xesusning jarima maydoni ichidan yo‘llagan zarbasi himoyachiga tegdi.

25. Dubayliklar burchakdan to‘pni o‘yinga kiritish imkoniyatini qo‘lga kiritdi. To‘p qarshisida Jaloliddin Masharipov.

23. Mehmonlar jarima maydoni tomon oshirilgan to‘pni himoyachilar uzoqlashtirishga muvaffaq bo‘ldi.

20. Uzoq masofadan yo‘llangan zarbani Mayed Naser egallab oldi.

17. Al Gassanining uzatmasiga jamoadoshlari etib bora olmadi. "Al-Jazira" jarima maydoni oldida uyushtirilayotgan hujumlar soni ortmoqda.

15. Igor Xesusning erta pressingi natijasida raqib posboni xatoga yo‘q qo‘ydi. To‘p mehmonlarga qaytdi.

14. Hammasi joyida. Mayed Naser o‘yinni davom ettira oladi.

12. Ali Mabxut bilan to‘qnashib ketgan dubayliklar darvozaboniga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

9. "Al-Jazira" darvozaboni ehtiyotsizlik natijasida to‘pni oldirib qo‘yishiga bir bahya qoldi. Ammo Igor Xesus to‘pni to‘xtata olmadi.

6. "Shabab Al-Ahli"ning chap qanotdan uyushtirgan hujumini himoyachilar ortiqcha qiyinchiliksiz zararsizlantirdi.

3. Mehmonlar faol o‘yin namoyish etishga harakat qilmoqda. Raqib ancha bosiqlik bilan harakat qilyapti.

1. O‘yin boshlandi!

0. Futbolchilar maydonga tushib keldi. Start uchun barchasi tayyor!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!