Alaba "Bavariya"da qoladi
"Bavariya" klubi boshqaruv raisi o‘rinbosari Oliver Kan jamoa himoyachisi David Alabaning kelajagi haqida gapirdi:
"Biz Alaba va uning agenti bilan suhbatlashdik. Bu jarayonlar atrofida bo‘layotgan munosabatlar qoniqarli. O‘ylaymanki, biz uni olib qolishga erishmoqdamiz. Vaziyat biz tomonda.
Hozir oldimizda katta o‘yin turibdi. Undan keyin barchasini e’lon qilamiz. U Myunxenda qolishi uchun hammasiga tayyormiz. Men optimistman va u biz bilan qoladi, deb o‘ylayapman".
Avstriyalik futbolchi 2010 yildan beri "Bavariya" safida harakat qiladi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi keyingi yil yakuniga etadi.



Fikrlar