Alaba "Espanol"ga qarshi bahsni asosiy tarkibda boshlaydi

  • 1 fevral, 11:25
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Xabaringiz bor, bugun "Real" La Liga 22-turi doirasida "Espanol" bilan o‘ynaydi.

Ushbu bahsda "qirollik klubi" markaziy himoyachisi David Alaba asosiy tarkibda maydonga tushishi kutilmoqda. Karlo Anchelotti avstriyalik futbolchini ilk daqiqalardan maydonga tashlashni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi "Diario AS" nashri.

Agar hammasi yaxshi bo‘lsa, 32 yoshli futbolchi katta ehtimol bilan Chempionlar ligasi doirasidagi "Manchester Siti"ga qarshi o‘yinni ham boshlang‘ich tarkibda boshlaydi.

Eslatib o‘tamiz, Alaba xochsimon paylari jarohati tufayli 2023 yilning dekabrida safdan chiqqan edi. "Espanol" - "Real" uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 01:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!