
Alaba "Real"dan ketishni istamayapti
Madridning “Real” klubi himoyachisi David Alaba “qirollik klubi”ni tark etmoqchi emas. Jurnalist Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, avstriyalik o‘zining jamoadagi o‘rnidan qoniqish hosil qiladi va u ham shaharni juda yaxshi ko‘radi.
Manbaning aytishicha, Alaba Saudiya Arabistonidan super taklif olgan bo‘lsa ham, "Real"ni tark etishni istamaydi. Himoyachi "qaymoqranglilar"dagi hamma narsadan to‘liq qoniqmoqda.
Alaba yaqinda "Real Madrid"dagi uchinchi mavsumini boshladi. Bu davrda avstriyalik himoyachi “qirollik klubi” bilan barcha mumkin bo‘lgan sovrinlarni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar