Alamzada OKMK "Nasaf"dan revansh olarmikin?

  • 01.12.2023 01:30
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Superliganing so‘nggi, 26-turi doirasida OKMK Olmaliqda Qarshining “Nasaf” jamoasini qabul qiladi. Mazkur qarama-qarshilik jamoalar uchun juda muhim sanaladi. OKMKda mavsumni ko‘tarinki ruhda yakunlash uchun yaxshi imkoniyat mavjud.

 Ushbu jamoalarning chempionat doirasidagi o‘zaro o‘yinlar statistikasiga nazar soladigan bo‘lsak, 33 uchrashuvdan 5 tasida “konchilar”, 15 o‘yinda «ajdarlar» g‘alabani nishonlagan. 13 uchrashuvda esa durang qayd etilgan. To‘plar nisbati 29-50, “Nasaf” foydasiga.

Yaqindagina, O‘zbekiston Kubogi finalida to‘qnash kelgan bu ikki klub o‘rtasidagi bahsda “ajdarlar” penaltidan kiritilgan yagona gol orqali mamlakat Kubogini boshi uzra ko‘targan edi. Oradan ko‘p o‘tmay ular yana uchrashishmoqda! Bu safargi qarama-qarshilikda g‘olib chiqqan jamoa aniq sovrinli o‘rinlardan birini oladi. Alamzada “konchilar” Olmaliqda faqat g‘alaba uchun maydonga tushadi!

O‘yinga kirish mutlaqo bepul!

OKMK matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!