Albinaga Belgiya kortlari yoqmoqda

  • 8 avgust, 2017, 10:59
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

Oldin xabar berib o‘tganimizdek, hamyurtimiz Albina Xabibulina Belgiyada davom etayotgan turnirda ishtirok etmoqda. Kecha yurtdoshimiz juftlik bahslarida ishtirok etdi.

Tecno

Ukrainalik Anastasiya Vasileva bilan juftlik hosil qilgan Albina birinchi davrada mezbonlar vakilalari Elin Boykenz/Kimberley Zimmermannlarga qarshi kortga chiqdi.

49 daqiqa davom etgan bellashuvda Albina va uning sherigi raqibalarini 6:4, 6:0 hisobida mag‘lub etdi. Bu Albinaning Belgiyada qo‘lga kiritgan uchinchi g‘alabasi bo‘ldi.

Bunga qadar u yakkalik bahslarida saralashning ikki o‘yinini o‘z foydasiga xal etgan edi.

Xabibulina bugun sovrin jamg‘armasi 25 000 AQSh dollarini tashkil etuvchi turnirning yakkalik bahslari birinchi davrasida sloveniyalik Anna Morginaga qarshi kortga chiqadi.

Shuningdek, Albina juftlik bahslarida ham sherigi Anastasiya bilan chorak final bahsida kortga chiqadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!