Albinaning kuchi finalgacha etdi
Qozog‘istonda ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro tennis turnirida hamyurtimiz Albina Xabibulina zo‘r o‘yin ko‘rsatdi.
Saralash musobaqadasidan muvaffaqiyatli o‘tgan tennischimiz asosiy to‘r bahslarida kuchli raqiblar - qozog‘istonlik Ekaterina Dmitrichenko, rossiyalik Kseniya Sharifova, ukrainalik Katerina Slyusarni mag‘lubiyatga uchratdi.
Albina yarim finalda ikkinchi raqamda saralangan rossiyalik Anastasiya Gasanovani 5:7, 6:2, 6:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Bosh sovrin uchun turnirning eng kuchli raketka ustasi - qozog‘istonlik Komila Karimboevaga qarshi kortga chiqqan Albina Xabibulina raqibasiga yutqazdi va musobaqani finalchi sifatida yakunladi.



Fikrlar