Aleks Perreyra uchinchi kamarga yaqin — Oq Uyda tarix yaratiladimi?

  • 20.05.2026 19:44
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

14 iyundan 15 iyunga oʻtar kechasi Oq Uyda UFC ning tarixiy turniri boʻlib oʻtadi. Ushbu oqshomning markaziy toʻqnashuvida engil vazn toifasida amaldagi chempion Iliya Topuriya va vaqtinchalik kamar sohibi Jastin Getji oʻzaro bahs olib boradi.

Turnirning ikkinchi markaziy jangida esa braziliyalik Aleks Perreyra oktagonga koʻtariladi. "Poatan" bu safar ogʻir vazn toifasida vaqtinchalik chempionlik kamari uchun Siril Gan bilan toʻqnash kelishi belgilangan. Agar Perreyra ushbu qarama-qarshilikda gʻalaba qozonsa, uch vazn toifasida kamarga ega chiqqan jangchiga aylanadi.

Bundan tashqari, mazkur kechada Shon O'Melli, Maykl Chendler, Derrik Lyuis hamda UFC ning boshqa koʻplab mashhur jangchilari ham oktagonga chiqishi rejalashtirilgan.


Sharipova Mashhura tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!