Aleksandr Krestinin: "Qirg‘iziston meni hayron qoldirgani yo‘q"

  • 12 sentabr, 2024, 12:17
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Ayni paytda Toshkentning “Lokomotiv” klubida bosh murabbiy rolida ishlayotgan rossiyalik Aleksandr Krestininning tashrif qog‘ozi Qirg‘iziston terma jamoasidagi faoliyati bilan bog‘liq.

Chunki u bir necha Qirg‘iziston terma jamoasiga bosh murabbiylik qilgan. Shuning uchun Aleksandr Sergeevich ham ushbu bellashuvga befarq emasdi. Sports.uz jurnalisti Krestininning sobiq terma jamoasi ishtirokidagi o‘yin haqidagi fikrlari bilan qiziqdi.

- Bishkekda mana shunday o‘yin bo‘lishini tasavvur qilganmidingiz?

- Ha, taxmin qilgandim. Qirg‘iziston Toshkentda o‘ynagan. Nimaga endi, O‘zbekiston Bishkekda o‘ynamaydi? Boz ustiga bu rasmiy maqomdagi musobaqa. Qur’a bo‘yicha shunday taqvim yuzaga keldi va bu mantiqan to‘g‘ri.

- O‘zbekiston terma jamoasi nimaning evaziga g‘alaba qozondi, deb o‘ylaysiz?

- O‘yin juda ham qiyin o‘tdi. Gollarga boy bo‘ldi va jamoalar tomonidan 5 ta gol urildi. O‘zbekiston o‘z imkoniyatlaridan unumli foydalandi va shuning hisobiga g‘alaba qozondi.  

- Qirg‘iziston sizni nimasi bilan hayron qoldirdi?

- Qirg‘iziston terma jamoasi meni hech nima bilan hayron qoldirgani yo‘q. Chunki u erdagi o‘yinchilar asosan men paytimda to‘p surgan futbolchilar. Ular bilan birga ishlaganman. Katta ishtiyoq bilan o‘ynashdi va yaxshi o‘yin tashkil qilishdi. Bu murabbiyning xizmati. Ikkita uchrashuvdan xulosa chiqaradigan bo‘lsak, yaxshi o‘yin ko‘rsatishdi.

- “Lokomotiv”dagi shogirdingiz Valeriy Kichinning o‘yinini qanday baholaysiz?

- Valeriy ikkala uchrashuvni yuqori darajada o‘tkazdi. U jamoa uchun juda muhim o‘yinchi va jamoa sardori. Yana bir bor bunday qiyin va murakkab uchrashuvlarda yuqori saviyali futbolchigini ko‘rsatdi.

- Siz uchun maydondagi eng xavfli va faol futbolchi kim bo‘ldi?

- Men hech kimni alohida ko‘rsatib o‘tirmoqchi emasman. Chunki uchrashuvda kimdir xet-trik qilgani yo‘q. Shuni ta’kidlab o‘tardimki, ikkala jamoa ham maqsadga erishish uchun yuqori saviyadagi yaxshi o‘yinni ko‘rsatishdi.

Shuhratbek Jo‘raev.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Qaxramonjon
12/09/2024 20:19
Молодець хар томонлама зур фикр гап йук
Имомали олимов
12/09/2024 21:34
Только КЛАСС