Aleksandr Povetkinning navbatdagi raqibi kim bo‘ladi?

  • 16.10.2019 15:04
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

“Mir boksa” promouterlik kompaniyasi rahbari Andrey Ryabinskiyning so‘zlariga ko‘ra, rossiyalik Aleksandr Povetkin 7 dekabr kuni Saudiya Arabistonida amerikalik Maykl Xanter bilan jang qilishga rozi bo‘lgan.

"Xanter bilan shartnoma hozircha imzolanmagan, ammo kelishuvlar mavjud. O‘ylaymanki, hamma narsa o‘z o‘rnida bo‘ladi, biz ushbu rasmiyatchilikni tez orada yakunlaymiz va  Sasha Saudiya Arabistonida ringga ko‘tariladi.

Xanter juda jiddiy va xavfli raqib. Sasha uchun bunday jangda g‘alaba, reytingda ko‘tarilish uchun imkoniyatdir. Eng asosiysi: jangni ko‘p odamlar tomosha qilishadi. Chunki Povetkinning ringga ko‘tarilishi, Endi Ruis va Entoni Joshua revanshidan oldingi jang bo‘ladi ",- dedi Ryabinskiy.

Xanter o‘zining so‘nggi jangida rossiyalik Sergey Kuzminga faoliyatidagi birinchi mag‘lubiyatini taqdim etgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!