
Aleksandr Usik Joshua va Fyuri jangiga ruxsat beradimi?
Profescional boksning superog‘ir vazn toifasida WBA, WBO, IBF, IBO kamarlari sohibi britaniyalik Entoni Joshua va WBC chempioni Tayson Fyuri jangi borasida promouterlar ish olib bormoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jang 2021 yil mart oyida bo‘lib o‘tishi reja qilingan.
Ammo WBO prezidenti Pacho Velkersel Joshuaga boshqa imkon berilmasligi va WBO kamarini Aleksandr Usikdan himoya qilishi kerakligini aytib o‘tgani haqida xabar bergan edik. Aleksandr Usik esa, intervyularining birida bu jangni kechiktirishga Joshua va Fyuri o‘zaro jang qilishi uchun imkon berishga sha’ma qildi.
"Barcha 4 kamar bitta shaxsning qo‘lida bo‘lishi mumkin. Biz barchamiz jang bo‘lib o‘tishi uchun kelishib olishimiz kerak. Chunki bu juda katta voqelik bo‘ladi." - dedi Usik.
Fikrlar