Aleksandr Usik Joshuaga revansh beradimi ?

  • 26 sentabr, 2021, 08:00
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Superog‘ir vazn toifasida Entoni Joshua va Aleksandr Usik jangida Usik ochkolar bo‘yicha g‘alaba qozonib, WBA, WBO, IBF va IBO kamarlarini qo‘lga kiritdi. Xo‘sh, endi ular o‘rtasida ikkinchi jang o‘tkazilishi mumkinmi? Albatta o‘tkaziladi... Matchroom kompaniyasi chempion bokschilariga jang uchun shartnoma qilayotganda albatta bir band kiritiladi. Ya’ni, agarda Matchroom kompaniyasi mijozi bo‘lgan chempion imkoniyatni boy berasa, g‘alaba qozongan bokschi unga revansh berishi belgilanadi. Bu kompaniya rahbari Eddi Xirnning ishbilarmonligi yoki ehtiyotkorligi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Usik va Joshua shartnoma bangida ham Joshua mag‘lub bo‘lsa, ikkinchi jang o‘tkazilishi kiritilgan. Bu holatni Joshuaning Endi Ruisga qarshi jangida ham ko‘rishimiz mumkin. Qisqacha aytganda, siz Matchroom kompaniyasi chempion bokschisidan kamarlar tortib olmoqchi bo‘lsangiz, ularni ikki marta mag‘lub etishingiz kerak....

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!