Aleksandr Volkanovski karerasidagi eng muhim jang qaysi ekanini aytdi
Yarim engil vaznda UFC chempioni Aleksandr Volkanovski rossiyalik Islom Maxachev bilan birinchi jangini faoliyatidagi eng muhimlaridan biri deb aytdi.
"Maxachev bilan dastlabki jangimizda uning rezyumesi hozirgidek ajoyib emasdi, biroq hamma Islomning qanchalik kuchli mahoratga egaligini bilardi. O'sha to'qnashuvda biz tomoshabinlar, kassalar, PPV soni bo'yicha rekordlarni yangiladik. Shu bois mag'lubiyatga qaramay, men buni faoliyatimdagi eng yorqin voqealardan biri, deb hisoblayman”, – dedi avstraliyalik o'zining You Tube kanalida.
Eslatib o'tamiz, Volkanovski oxirgi bor "UFC 325" turnirida Diego Lopesga qarshi revanш o'tkazib, hakamlarning yakdil qaroriga ko'ra g'alaba qozondi va chempionlik kamarini o'zida saqlab qoldi.
Fikrlar