Aleksandr Xomyakov: "Bu bizga yaxshi dars bo‘ldi"

  • 21 fevral, 02:13
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Andijon” – “Zbroyovka Brno” (1:4) uchrashuvidan keyin andijonliklar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov klub matbuot xizmatiga quyidagicha fikr bildirib o‘tdi:

“Bizning kunimiz emasdi. Lekin hammasini nazoratga olganmiz. Raqibimiz bizga nisbatan tetik va ustun edi. Ularda hamma vaziyatlar o‘xshadi. Aniqlik bilan harakat qilishdi.

Darvozamiz tomon yo‘llagan dastlabki ikkita zarbasi hisobni 2:0 bo‘lishiga olib keldi. Bizda charchoqlar to‘planib qoldi. Boshni egishga arzimaydi. Hammasi reja bo‘yicha ketyapti.

Bu bizga yaxshi dars bo‘ldi. Hali o‘ylash uchun vaqt bor. Shuning uchun vahimali hech narsa bo‘lgani yo‘q. Hozir bo‘lgani yaxshi, keyin bo‘laganidan ko‘ra. Ishlashda davom etamiz, hammasi yaxshi bo‘ladi”

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!