Aleksandr Xomyakov "Navbahor"ga qarshi o‘yindan so‘ng nimalar dedi?

  • 15 mart, 2020, 19:52
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

O‘zbekiston Superligasi 3-turidan o‘rin olgan "Andijon" - "Navbahor" uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida "Andijon" bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov ishtirok etdi.

- Asabiy o‘yin bo‘ldi. Bosimni his qilib turdik. Birinchi taymda futbolchilar biroz o‘zlarini yo‘qotib qo‘yishdi. Yaratilgan vaziyatlardan foydalana olmadik. Durang bizni qoniqtirmaydi. Natija baribir birinchi o‘rinda. Rahbarlarimizga rahmat. Ularni yaxshi tushunyapman. Biz gaplashib olishimiz kerak. 3 ta turda 1 ochko ularni qoniqtirmasligi aniq. Men natija uchun javob berishga tayyorman. "Lokomotiv"ga qarshi o‘yinda ajoyib o‘ynadik. Ammo chiroyli o‘yin uchun ochko berilmaydi. Mavsum avvalida menda bir necha takliflar bo‘lgan edi, ammo klub uchun ularni rad etganman. O‘yin uslubimiz haqida bosh qotirishimiz lozim. Juda ko‘p uzun paslar bilan o‘ynadik. Ularning katta qismi foydasiz bo‘ldi.

Jamoaga natija kerak. Natija yo‘q, demak murabbiy ham yo‘q, - dedi Xomyakov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!