
Aleksandr Xomyakov: So‘ngi bahsni ajoyib g‘alaba bilan yakunladik
Bugun Oliy Liganing 29-turidan o‘rin olgan “Mash’al” – “Buxoro” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Qiziqarli kechgan bellashuvda “Mash’al” mehmonlar 2:0 hisobida zafar quchishdi.
O‘yindan so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanida “Mash’al” klubi murabbiyi Aleksandr Xomyakov o‘yin haqidagi fikrlarini bildirdi.
- Avvalo chiroyli g‘alaba bilan chin yurakdan barcha muhlislarimizni tabriklayman, biz bugun mavsumning eng qiyin bahsini o‘tkazdik. Bu mavsumda biz "Buxoro”ni har ikki bahsda ham mag‘lub etdik.
- Shogirdlarimdan xursandman ular ko‘rsatmalarimni to‘liq bajarishdi. Muhlislarimizga esa yana bir bor minnatdorchilikni bildiraman. Bugun biz yana bir bora jamoamiz hali ko‘p marta o‘z so‘zini ayta olishini isbotladik, Eng muhimi, maydonimizdagi so‘nggi bahsni ajoyib g‘alaba bilan yakunladik. "Buxoro” jamoasiga keyingi bahslariga omad tilayman, dedi - Aleksandr Xomyakov.
Fikrlar