Alisson ketishi mumkin: "Liverpul" yangi darvozabon izlamoqda

  • 10.05.2026 12:46
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Liverpul" rahbariyati jamoaning asosiy darvozaboni Alisson Beker o‘rniga yangi nomzodlar qidirmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, braziliyalik posbon yozgi transferlar vaqtida "Yuventus"ga o‘tishi mumkin. "TuttoJuve" xabarida aytilishicha, "qizillar"ning asosiy varianti — Georgiy Mamardashvili.

Shuningdek, mersisaydliklar Lyuka Shevalye va Emiliano Martinesga ham qiziqish bildirmoqda.

Alisson 2018 yildan beri "Liverpul" safida to‘p tepib kelmoqda. Uning klub bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!