Allan Sent-Maksimen: "Agar faqat Ronaldu haqida o‘ylasak..."

  • 08.09.2021 17:17
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliyaning "Nyukasl" jamoasi hujumchisi Allan Sent-Maksimen "Manchester Yunayted"ga qarshi uchrashuv oldidan o‘z fikr va mulohazlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Ronaldu kelguniga qadar, ularda ajoyib jamoa bor edi. Endi "qizil iblislarga" qarshi ikki hissa kuch bilan to‘p surishimiz shart. Agar faqat Ronaldu haqida bosh qotirsak, mag‘lubiyatga uchrashimiz aniq. Muhimi, kontsentratsiyani boy bermasdan sovuqqonlik bilan to‘p surish. Agar vaziyatga aql bilan baho bersak, har qanday natijani qayd etishimiz mumkin.",- deb futbolchining so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda "Chronicle Live" nashri.

Eslatib o‘tamiz, APLning 4-tur bahslari 11 sentyabrda start oladi. Unda "Manchester Yunayted" "Nyukasl" bilan kuch sinashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
⚽️FANAT M-YU⚽️
08/09/2021 18:00
Mayli omad faqat raqibinga omad