Allegri bu futbolchini "Yuventus"dan ketganini tasdiqladi

  • 5 yanvar, 2022, 20:58
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri matbuot anjumanida yarim himoyachi Aaron Remzining jamoadan ketishini tasdiqladi.

“Remzi "Yuventus"ni tark etadi”, - dedi italiyalik mutaxassis.

So‘nggi haftalarda ko‘plab xorijish nashrlar Aaron Remzini turli klublar bilan, xususan, saudiyalik investorlar qo‘liga o‘tgan "Nyukasl" bilan faol bog‘lashmoqda.

2021/2022 yilgi mavsumda Aaron Remzi "Yuventus"ning bor yo‘g‘i 5 ta o‘yinida maydonga tushdi va ushbu uchrashuvlarda jami 112 daqiqa maydonda harakat qildi. Gap shundaki, uelslik yarim himoyachi sog‘lig‘idagi muammolar tufayli bir qancha o‘yinlarni o‘tkazib yubordi.

Eslatib o‘tamiz, Aaron Remzi “Yuventus”ga 2019 yilning yozida “Arsenal”dan erkin agent sifatida ko‘chib o‘tgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!