Allegri: Men “Yuventus”ga ziyon keltirdim

  • 18 oktabr, 2021, 10:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Yuventus” bosh murabbiyi Massimiliano Allegri “Roma” ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Tecno

- Men 1:0 hisobi yoqadi. Bu zo‘r natija. Biz yana bir “quruq” o‘yin o‘tkazdik. “Roma” texnik jihatdan kuchli jamoa, ularning o‘yini sifatli va uchrashuv boshida bizni qiynab qo‘yishdi. Kyin biz ajoyib gol urib, o‘yinimizni kuchaytirib bordik.

Bu muhim g‘alaba, musobaqa jadvalida oldinga tashlangan qadam va mavsumdagi rivojlanish belgisi. Biz kerak paytda o‘yin tempini pasaytira boshlaymiz, lekin shunga yarasha zarur pallada tezlikni oshirishni ham bilish kerak. Yolg‘on gapirmayman, mavsum boshida o‘z qarorlarim bilan “Yuventus”ga ziyon keltirgan paytlarim ham bo‘ldi. Men ayrim o‘yinchilarning imkoniyatlarini chuqurroq o‘rganishim kerak edi, endi esa maqsadga juda yaqinmiz, - dedi Massimiliano Allegri.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!