Allegri nega Ronalduni zaxirada qoldirganini aytdi

  • 23 avgust, 2021, 03:30
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya A Seriyasi dastlabki turi doirasidagi "Udineze" - "Yuventus" uchrashuvi 2:2 hisobi bilan yakunlandi. O‘yindan keyin turinliklar bosh murabbiyi Massimiliano Allegri Ronaldu haqida savollarga javob berib o‘tdi:

Tecno

"Biz yaxshi o‘yin o‘tkazdik, afsuski, futbolda kutilmagan holatlar bo‘lib turadi. Krishtianu Ronaldu bilan hammasi joyida, biz o‘yindan oldin gaplashdik, men uning qanday holatda ekanligini ko‘rdim va unga o‘yinni zaxiradan boshlashini aytdim.

Chunki u bizga ikkinchi bo‘limda kerak edi. Krishtianu kerakli paytda maydonga chiqdi va yaxshi o‘ynadi, hatto gol urdi...

Albatta, jismoniy tayyorgarlikni yaxshilashimiz darkor. Oldinda ko‘plab uchrashuvlar bor, Ronaldu ham, qolganlar ham mas’uliyatni sezishi lozim. Men birinchi marta beshta almashtirish bilan ishlayapman va menimcha, bu borada xatoga yo‘l qo‘ymadim", - dedi Allegri.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!