Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Allegri “Real”ga kutilmagan shart qoʻydi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Uning aniq rejasi bor

Ayni paytda “Milan”ni boshqarayotgan Massimiliano Allegri agar “Real”ga bosh murabbiy etib tayinlansa, madridliklar rahbariyatidan hozirgi jamoasidan ikki futbolchini olib kelishni so'raydi.

Bu haqida Tuttosport xabar berdi.

Allegri klubga yarim himoyachi Luka Modrichni Madridga qaytarib olib ketmoqchi. 40 yoshli xorvatiyalik pleymeyker uzoq yillar davomida “Real” sharafini muvaffaqiyatli himoya qilganidan keyin o'tgan yili “Milan”ga ko'chib o'tgan edi.

Allegri Modrichni maydonda murabbiy g'oyalarini jamoaga yetkaza oladigan o'yinchi sifatida ko'radi.

Ikkinchi nomzod yarim himoyachi Adrien Rab'yo bo'lishi mumkin.

U “Yuventus”da o'ynagan paytida Allegri jamoasida muhim rolni bajargan va hozir “Milan”ning yetakchilaridan biri hisoblanadi.

Avvalroq, “Real” rahbariyati mavsum tugagandan keyin 58 yoshli italyalik mutaxassis nomzodini bosh murabbiylik lavozimi uchun ko'rib chiqayotgani xabar qilingan edi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q