Asosiy mazmunga oʻtish

Allegri "Yuventus"dan 15 ochko olib tashlangani haqida: "7-o‘ringa chiqish uchun kurashamiz"

Izohlar: 0

"Ertaga "Atalanta"ga qarshi muhim o‘yinimiz bor".

"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri jamoadan 15 ochko olib tashlangani borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Ertaga "Atalanta"ga qarshi muhim o‘yinimiz bor. Biz unda ochko olishimiz shart. Kechagi kundan so‘ng hamma yanada yaqinroq birlashishi kerak. 

G‘alaba qozonishga harakat qilishimiz kerak. Biz Evropa ligasi va Italiya kubogida ishtirokimizni davom ettiryapmiz. 

Hozirda 7-o‘ringa chiqish uchun kurashamiz. Qo‘limizdan kelganini qilamiz, bu voqealar klubga tegishli. Men, murabbiylar yoki futbolchilar bunga e’tibor qaratmasligini istardim", - dedi italiyalik mutaxassis.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q